Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi

Indoneziyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi

Indoneziyaning Sumatra orolida shu oyda sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 900 nafardan oshdi. Oldinroq qurbonlar soni 846 nafarni tashkil qilgani xabar qilingandi.

Reuters so‘nggi ma’lumotlar sifatida rasmiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni Indoneziyaning Sumatra shtatidagi uchta provinsiyasida sodir bo‘lgan sel va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 916 kishiga yetdi, 274 kishi bedarak yo‘qolgan.

Tailand va Malayziya janubida ham bo‘ronlar 200 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

Sumatradagi mahalliy hukumat amaldorlari Jakartadagi milliy hukumatni qutqaruv va gumanitar operasiyalar uchun resurslarni bo‘shatish uchun milliy favqulodda holat e’lon qilishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!