Indoneziyaning Sumatra orolidagi kuchli yomg‘irlar oqibatida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 442 nafarga yetdi. Tabiiy ofatdan yana 646 kishi jabrlandi, 400 kishi bedarak hisoblanmoqda, qidiruv-qutqaruv ishlari hali ham davom etmoqda.
Rәsmiylar ta’kidlashicha, ko‘plab yo‘llar yopilgan, telekommunikasiya infratuzilmasi zarar ko‘rgan va insonparvarlik yordami yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarga yordam vertolyotlar orqali yetkazilmoqda.
Indoneziya meteorologiya va geofizika agentligi noqulay ob-havo shartlari yana bir necha kun davom etishi haqida eslatib o‘tdi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p shimoliy Sumatra jabr ko‘rgani ma’lum qilingan.