Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Indoneziyada suv toshqinlari qurbonlari soni 170 kishidan oshdi

Indoneziyada suv toshqinlari qurbonlari soni 170 kishidan oshdi

Indoneziyaning Sumatra orolidagi ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Indoneziyaning tabiiy ofatlarga qarshi kurash agentligi ma’lumot tarqatdi.

O‘nlab indoneziyaliklar bedarak yo‘qolgan.

The Jakarta Post gazetasi 100 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Ayrim hududlarda aloqa va elektr ta’minoti uzilib qolgan.

So‘nggi bir necha kun ichida yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir Indoneziya, Tailand, Malayziya va Shri-Lankada suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Tailandda, asosan, Songxla provinsiyasida, taxminan 145 kishi halok bo‘ldi. Shri-Lankada qurbonlar soni 56 kishiga yetdi, yana 21 kishi bedarak yo‘qolgan. Malayziyaning ko‘pgina hududlarida suv sathi 60-100 sm ga yetgan. 21 mingdan ortiq aholi evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 06:00 29.11.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!