Indoneziyada kechgi kunlarda kuzatilgan kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan suv toshqini va ko‘chkilar qurbonlari soni 753 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Shuningdek, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana 504 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
1 dekabr holatiga ko‘ra, tabiiy ofatdan 604 nafar fuqaro halok bo‘lgani qayd etilgan edi. Yangilangan ma’lumotlar qurbonlar soni keskin oshganini ko‘rsatmoqda.
Qidirish-qutqaruv ishlari hozirgacha davom etmoqda. Hakimiyatlar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirmoqda.