Indoneziyaning Sumatra orolida kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar kamida 10 insonning umriga zomin bo‘ldi.
Qutqaruv xizmatlari xabariga ko‘ra, Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi Sibolgo shahrida besh nafar halok bo‘lgan fuqaroning jasadi topilgan, uch kishi yaralangan, yana to‘rt kishi haligacha bedarak deb e’lon qilingan.
Markaziy Tapanuli tumanida sodir bo‘lgan ko‘chki to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Kuchli yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bu hududda 2 mingga yaqin binolarni suv ostida qoldirdi.
Janubiy Tapanulida sel va ko‘chkilar natijasida yana bir kishi halok bo‘lgani, 470 ta turar-joy suv yuzasida qolgani ma’lum qilindi.
Raspmiylar hududlarda favqulodda qochoqxonalar (chodirlar) o‘rnatilishini bildirib, aholini xavfli nuqtalardan tezkor evakuasiya qilishga chaqirdi.