Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Indoneziyada jinoiy to‘da rahbarlari koronavirusga qarshi kurashga jalb qilinadi

Indoneziyada jinoiy to‘da rahbarlari koronavirusga qarshi kurashga jalb qilinadi

Indoneziya huquqni muhofaza qilish idoralari koronavirus pandemiyasi sharoitida niqob rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani nazorat qilish uchun yirik jinoiy guruhlar rahbarlarini jalb qilmoqchi.

Bu haqda “Jakarta Post” tomonidan xabar berildi.

Gazetaning yozishicha, milliy polisiya boshlig‘ining o‘rinbosari Gatot Pramono tegishli rejani mamlakat parlamentiga taqdim etgan.

“Gap jinoiy guruhlar rahbarlarini ishga olish haqida ketmayapti”, deydi Pramono.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorlar va avtoturargohlar “mafiya” tuzilmalari tomonidan nazorat qilinadi, shuningdek, COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun jiriy etilgan qoidalarning bajarilishiga ko‘z-quloq bo‘lishadi. Shu bilan birga, polisiya va harbiylar jinoiy guruhlar a’zolarining inson huquqlarini buzmasligini ta’minlaydi.

Kiritildi: 21:48 15.09.2020. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!