Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Indoneziyada dunyodagi eng yirik gul topildi

A A A
Indoneziyada dunyodagi eng yirik gul topildi

Olimlar Indoneziyada dunyodagi eng yirik gulni aniqladi. Bu haqda G‘arbiy Sumatra tabiat resurslarini asrash markazi xabar bergan.

Gulning nomi raffleziya bo‘lib, uning diametri 122 santimetrni tashkil etadi va bu mutlaq rekord natijadir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gul o‘zining "avvalgi raqobatchisi" o‘rnidan o‘sib chiqqan. Avvalgi yirik gulning diametri 112 santimetrni tashkil etgan.

Raffleziya bargga ega bo‘lmagan parazit o‘simlik sanaladi. U hayoti uchun zarur minerallarni so‘rg‘ich ildizlari orqali oladi.

2019 yilning fevral oyida Indoneziyada dunyodagi eng katta asalari ham topilgandi. U Yevropa oddiy asalarisidan to‘rt barobar katta bo‘lib, kam o‘rganilgan orollarda uchraydi.

 

Kiritildi: 13:00 05.01.2020. O'qildi: 24719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!