Indoneziya va Turkiya o‘rtasida ko‘p milliard dollarlik harbiy kelishuv imzolandi. Bu haqda MSN manbasi xabar berdi.
🔹 Kelishuvga ko‘ra, Indoneziya Turkiyadan 48 ta KAAN beshinchi avlod jangchi samolyoti va 2 ta Istif turidagi fregat xarid qiladi.
🔹 Tomonlar kelishuv doirasida mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va aero-harbiy sanoatni rivojlantirish borasida ham hamkorlik qiladi.
Samolyotlar uchun kontrakt 10 yil davomida amalga oshiriladi. E’tiborlisi shundaki, KAAN turdagi samolyotlar Turkiyada hali ommaviy ishlab chiqarishga chiqmagan — bu 2028 yilga rejalashtirilgan.
Istif turidagi birinchi fregat esa 2024 yili Turkiya harbiy-dengiz kuchlari ixtiyoriga topshirilgan.
Kelishuvni quyidagi shaxslar imzoladi:
Turkiya mudofaa sanoati agentligi rahbari Xaluk Gorgun
Indoneziya mudofaa vaziri Shefri Shemsuddin
Turkiya aviasiya sanoati kompaniyasi bosh direktori O‘mer Jixat Vardan
Indoneziya mudofaa korxonalari agentligi rahbari, marshal Yusuf Zaxari.
Bu kelishuv Turkiyaning global qurol bozoridagi mavqeini mustahkamlashi, Indoneziya uchun esa mudofaa salohiyatini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.