Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Indoneziya futbol assosiasiyasi mulozimi Temur Kapadze haqidagi xabarlarni tasdiqladi

Indoneziya futbol assosiasiyasi mulozimi Temur Kapadze haqidagi xabarlarni tasdiqladi

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze faoliyatini Indoneziyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda mamlakat futbol assosiasiyasi (PSSI) menejeri Sumarji o‘z fikrini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, assosiasiya 44 yoshli mutaxassis bilan hali rasmiy muzokara boshlamagan, biroq Kapadze nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan:

“Bu borada hali hech qanday suhbat bo‘lmadi. Lekin shuni aytishim kerakki, Temur Kapadze bosh murabbiylik lavozimi uchun nomzodlardan biri. Federasiya hozirda yangi murabbiy uchun bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Persib Bandung" klubi bosh murabbiyi, xorvatiyalik Boyan Hodak ham bor. Biroq klub rahbariyati Hodakni jamoada saqlab qolmoqchi ekanini bildirgan. Patrik Klyuyvert ketganidan so‘ng bo‘sh qolgan lavozim uchun Kapadze asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda”, dedi Sumarji.

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze 2025-yilning yanvaridan 6-oktyabrigacha O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan. Mutaxassis bu davr ichida 9 ta o‘yinda jamoani maydonga boshlab tushib, 5 tasida g‘alaba, 4 tasida esa durang natijasini qayd etgan.

Keyinchalik Kapadze “oq bo‘rilar”ning amaldagi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroga yordamchi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Biroq 10 noyabr kuni 44 yoshli mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan ketgani rasman e’lon qilindi.

Kiritildi: 09:14 13.11.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!