Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Indoneziya B50 biodizelidan foydalanishni majburiy qilgan dunyoda birinchi davlatga aylandi

Indoneziya B50 biodizelidan foydalanishni majburiy qilgan dunyoda birinchi davlatga aylandi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"​Dunyoda birinchi bo‘lib palma yog‘i asosidagi biodizeldan foydalanishni joriy etdik, u oddiy dizel yonilg‘isiga 50% hajmda qo‘shiladi", — deb bayonot berdi mamlakat Energetika vaziri Prabovo Subianto.

​Energetika vazirligining fikricha, bu joriy yilning o‘zidayoq 3–4 million kilolitr hajmdagi dizel yonilg‘isi ortiqchaligini yuzaga keltiradi, undan aviasiya kerosini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Uning tarkibida 50% palma yog‘iga asoslangan bioyoqilg‘i mavjud. B50 biodizel yoqilg‘isi — bu 50% biodizel va 50% oddiy dizel yoqilg‘isidan tashkil topgan aralashma. Bu yerdagi "B" — Biodiesel, "50" esa aralashmada biodizelning ulushi 50% ekanini anglatadi.

Biodizel quyidagi xomashyolardan olinadi:
palma yog‘i;
soya yog‘i;
raps yog‘i;
kungaboqar yog‘i;
hayvon yog‘lari;
ishlatilgan ovqat tayyorlash yog‘lari.

Bular kimyoviy qayta ishlanib, dizel dvigatellari uchun mos yoqilg‘iga aylantiriladi.

Kiritildi: 14:15 10.07.2026. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!