Imomali Rahmon jahon hamjamiyatidan Afg‘onistonga ko‘proq gumanitar yordam ko‘rsatishni so‘radi.
BMT Bosh Assambleyasi raisi Abdulla Shahid bilan uchrashuvda Tojikiston rahbari buning uchun respublikani moddiy-texnikaviy imkoniyatlar bilan ta’minlashga tayyorligini ta’kidladi.
Shuningdek, terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalar savdosi muammosi muhokama qilindi.