Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Immunitetni ko‘taruvchi dori vositalari qanchalik foydali?

A A A
Immunitetni ko‘taruvchi dori vositalari qanchalik foydali?

Vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va jismoniy faol bo‘lish organizm uchun koni foyda. Biroq ayrim insonlar immunitet mustahkamligi uchun maxsus dori vositalari qabul qilishni ma’qul ko‘radi.

❗️Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri? Bunday preparatlar chindan ham foydalimi?

Oliy toifali shifokor Ra’no Nosirovaga ayni shu savollar bilan murojaat qildik.

— Immun tizimi — organizmdagi eng nozik jarayon, — deydi shifokor. — Immunitet esa tananing bakteriya va viruslar, zamburug‘lardan himoyalanishi, ularga qarshilik ko‘rsatishidir. U uch xil — filogenetik, tug‘ma hamda orttirilgan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.

🔴 Ta’kidlash lozimki, pandemiya davrida butun dunyoda immunitetni mustahkamlovchi dori vositalariga bo‘lgan talab benihoya ortdi. Sababi koronavirus infeksiyasiga chalinmaslik yoki uni yengil o‘tkazishda aynan tanani xavfli kasalliklardan himoyalovchi ushbu “qo‘rg‘on”ning ahamiyati katta.

Biroq mazkur doir vositalari, ya’ni immunomodulyatorlardan bilib-bilmay foydalanish unchalik to‘g‘ri emas. Boisi bunday preparatlar har doim ham kutilgan natijani beravermaydi.
E’tibor bersak, bugun internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi dori vositalarining reklamasi ancha chaqqon. Odamlar esa ishonuvchan, o‘qigan yoki eshitgan dorilarini darrov qabul qilgisi keladi.

❗️ Aslida esa immunomodulyatorlar – immunitet tizimiga ta’sir qiluvchi yoki uning faoliyatida ishtirok etadigan biologik faol moddalar bo‘lib, ular patogenlarga bevosita ta’sir qilmaydi.

Qolaversa, ular virusga qarshi immunitet shakllantirmaydi. Faqatgina hujayralarning immunitetini o‘zgartirishi mumkin, xolos. Shu sababli bunday vositalarni qo‘llayotganda, avvalo, immunolog-shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq.

Boisi kishi immun tizimining holatini baholash uchun amalga oshiriladigan kompleks tahlil — immunogramma tekshiruvlarini o‘tkazmasdan turib, immunomodulyator dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

❗️Ya’ni, immun tizimiga o‘zboshimchalik bilan aralashish mumkin emas. Chunki immunomodulyatorlarni noo‘rin qabul qilish organizmda ba’zi autoimmun kasalliklarni vujudga keltiradi. Uning o‘rniga immunitetni mustahkamlash uchun tarkibida ko‘plab vitaminlar saqlaydigan tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilgan maqsadga muvofiq.

✅ Masalan, ho‘l mevalar, sabzavotli salatlar, suyuqliklar, damlamalar shular jumlasidan. Ayniqsa, anor, olma, limon, qatiq, piyoz, sarimsoq piyoz, asal, qovoq, burukli karami, qora sedanani muntazam tanavvul qilish koni foyda. Bundan tashqari, moychechak, zanjabil, qizil miya ildizi damlamalari ham immunitetni ko‘tarishda qo‘l keladi.

Kiritildi: 15:41 02.09.2022. O'qildi: 6766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!