Turkiya shifoxonalaridan birida suriyalik immigrant hamshira kiyimini kiyib, yana bitta immigrantning yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketgan.
“Metbuat.az”ning xabar berishicha, voqeani o‘rgangan hamshiralar xavfsizlik xizmatiga xabar berishgan. Polisiya xavfsizlik kameralarini ko‘zdan kechirarkan, shu narsa aniq bo‘ldiki, suriyalik ayolning farzandini boshqa bir suriyalik o‘g‘irlab ketgan. Shifoxona bosh vrachi Mehmet Duranning bildirishicha, ayni paytda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Chaqaloqning ota-onasi bundan ikki yil oldin Halabdan ko‘chib kelgan yosh oila ekan.