Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miya chiplarini sinash uchun ruxsat oldi

A A A
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi inson miya chiplarini sinash uchun ruxsat oldi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasining (FDA) inson miya chiplarini sinash uchun ruxsat oldi.

"Biz odamlarda birinchi klinik sinovimizni boshlash uchun FDA ruxsatini olganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz", dedi kompaniya Twitter'dagi postida.

Neuralink ko‘ngillilarni olish hali e’lon qilinmaganini ta’kidladi.

2020 yilda Ilon Mask taqdimot paytida miya implantasiyasi o‘rnatilgan cho‘chqani ko‘rsatdi. Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi implantat kelajakda falaj, Alsgeymer kasalligi va demans kabi kasalliklarni davolash imkonini berishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 10:40 26.05.2023. O'qildi: 1707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!