Maskning xAI kompaniyasi tomonidan yaratilgan Grokipedia'da hozircha 800 mingdan ortiq inglizcha maqolalar mavjud. Wikipedia'da esa bugungi kunda yetti milliondan ortiq maqola bor. Grokipedia bosh sahifasi qidiruv satridan iborat.
Maqolalarning ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi Wikipedia sahifalariga o‘xshab ketadi. Nashrning yozishicha, Grokipedia'dagi ba’zi maqolalar Wikipedia'dagilarga asoslangan.