Milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida siyosiy partiya tuzish kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolga so‘rovnoma o‘tkazdi. Saylovchilarning 65,4 foizi "Ha" variantini bosgan. Ovoz berish tugagach, janob Mask Qo‘shma Shtatlarda "Amerika" deb nomlangan yangi siyosiy partiya tuzilganini e’lon qildi.
"Mamlakat isrofgarchilik va korrupsiya tufayli talon-taroj qilinsa va vayron bo‘lsa, bu demokratiya emas, balki bir partiyaviy tizimdir. Bugun "Amerika" partiyasi sizning erkinligingizni qaytarib berish uchun yaratilgan", deb yozgan dunyodagi eng boy odam.
Tadbirkor allaqachon partiyaning taktikasini taqdim etgan. U Senatda atigi 2-3 o‘rin va Vakillar palatasida 8-10 o‘rin egallashga e’tibor qaratmoqchi. "Qonun chiqaruvchi organdagi eng kichik marjani hisobga olsak, bu munozarali qonunlar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz bo‘lib, ular xalqning haqiqiy irodasini aks ettirishini ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi", deb yozgan janob Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.
Bularning barchasi siyosiy drama fonida sodir bo‘lmoqda: Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi janjal. SpaceX asoschisi uning raqibi Jeffri Epshteyn ishiga aloqadorligini da’vo qildi va bunga javoban davlat rahbari milliarderning loyihalarini davlat mablag‘isiz qoldirishni taklif qildi.