Ilon Mask 2022 yilda kompaniya boshqaruvini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng ishdan bo‘shatgan Tvitterning to‘rt nafar rahbari bilan $128 mlnlik da’voni hal etmoqda.
Tvitterni sotib olganidan keyin Maskning birinchi harakatlaridan biri bosh direktor Parag Agraval, moliyaviy direktor Ned Sigal va yetakchi huquqshunoslar Shon Edjett va Vijayya Gaddeni ishdan bo‘shatish bo‘ldi.
Ushbu to‘rtta rahbar hech qachon ishdan bo‘shatish nafaqasini olmagan, ular Maskni kompaniyani sotib olishdan bosh tortganida $44 mlrdlik va’dasini bajarishga majbur qilishga uringanliklarini da’vo qilishgan.
Da’vo arizasida hatto Maskning Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan tarjimai holidan iqtibos keltirilgan bo‘lib, unda u Tvitterning yuqori rahbariyatidagi har bir kishini “o‘lguncha” ta’qib qilishini aytgan.
Sud arizasida tomonlar kelishuvga erishganligi tasdiqlansa-da, bu kelishuv shartlari qanday ekanligi hali aniq emas.
Faqat bu rahbarlargina emas, balki boshqalar ham Maskka qarshi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash talabi bilan sudga murojaat qilishgan. Yaqinda Mask Tvitterdan bo‘shatilgan 6000 nafar xodim bilan bog‘liq jamoaviy da’voni hal qildi.
Bu sobiq Twitter xodimlarining ko‘pchiligi o‘zlariga to‘liq bo‘lmagan ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘langanidan yoki umuman to‘lanmaganidan shikoyat qilishgan.