Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask sun’iy intellekt «aqldan ozmasligi» va qasos olishga undamaslikni so‘radi

Ilon Mask sun’iy intellekt «aqldan ozmasligi» va qasos olishga undamaslikni so‘radi

Insoniyat xavfsizligini ta’minlash uchun sun’iy intellektga (SI) nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lmaslik kerak. Bu haqda Grok neyrotarmog‘ini ishlab chiquvchi xAI kompaniyasi rahbari, amerikalik milliarder Ilon Mask ma’lum qildi.

Tadbirkor superintellektni yaratish jarayonini shunchaki yaxshilik qilishga dasturlab bo‘lmaydigan bolani tarbiyalashga qiyosladi. Uning fikricha, sun’iy intellekt «aqldan ozmasligi» va telbaga aylanmasligi uchun unga haqiqatga intilish hissini singdirish, shuningdek, ziddiyatsiz mantiq berish kerak.

Mask Grok yangi modellarini sinovdan o‘tkazish yozuvlarida ayrim foydalanuvchilar chat-botdan haddan tashqari qat’iylik bilan javob talab qilayotganini payqaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bot esa «savolga javob berishga jon-jahdi bilan urinadi, haqiqatan ham javob berishni juda xohlaydi va go‘yo uning boshiga to‘pponcha tirab qo‘yilgandek tuyuladi».

«Ya’ni unga xuddi: «Bu savolga javob ber, bu savolga javob ber!» deyayotgandek bo‘lishadi. Ba’zida esa berilgan savolning o‘zi aslida noo‘rin bo‘ladi. Bu shunday noaniq savolki, unga mohiyatan muayyan javob berib bo‘lmaydi, chunki savol noto‘g‘ri tuzilgan yoki javobning o‘zida biz adashgan bo‘lamiz», — deb tushuntirdi Mask.

Mask o‘zini sun’iy intellekt o‘rnida bo‘lishni aslo istamasligini tan oldi.

«Shuning uchun, bilasizmi, SI qandaydir zo‘ravonlik vaziyatga tushib qolishini va uni shunchaki qandaydir aqli noraso odam qiynoqqa solishini xohlamasdim. Qolaversa, bilasizmi, superintellektni qiynash, ehtimol, unchalik yaxshi fikr emas: u qasos olishni yoki shunga o‘xshash biror narsani istab qolishi mumkin, tushunyapsizmi?», — deb qo‘shimcha qildi tadbirkor.

Kiritildi: 02:30 13.10.2026. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!