Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ilon Mask Quyoshdan kelayotgan isishni sun’iy yo‘ldoshlar orqali nazorat qilmoqchi

Ilon Mask Quyoshdan kelayotgan isishni sun’iy yo‘ldoshlar orqali nazorat qilmoqchi

Ilon Mask X (sobiq Twitter) orqali shunday fikr bildirdi: insonlar sun’iy intellektli yo‘ldoshlar yordamida Quyoshdan Yerga yetib kelayotgan nur miqdorini nazorat qilish orqali iqlimni boshqarishi mumkin.

Uning aytishicha, “juda ozgina o‘zgarishlar” bilan Yerdagi isishni to‘xtatish yoki sovuqlashuvni oldini olish mumkin. Bu g‘oya Quyosh nurlanishini boshqarish (SRM) konsepsiyasiga bog‘liq.

Mutahassislar esa bu g‘oyani texnik jihatdan qiyin va xavfli deb hisoblaydi: tabiat muvozanati buzilishi va hayot uchun zarur sharoitlar o‘zgarishi mumkin (https://t.me/Energetika/8393).

Hozirda Maskning 9 mingta Starlink yo‘ldoshi bor, lekin ular internet uchun. Quyoshni to‘sish uchun yaxshi boshqariluvchi, yangi turdagi “aqlli oyna” yo‘ldoshlari kerak bo‘ladi, va bu osmon narxida loyihaga aylanadi.

G‘oyaning mohiyati — Yer bilan Quyosh orasiga katta oyna yoki ekrandek tizim joylashtirish va uni butun dunyo bo‘yicha muvofiqlashtirilgan tarzda nazorat qilish.

Kiritildi: 16:45 11.11.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!