Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ilon Mask OpenAI va Microsoft'ga qarshi sud da’vosi kiritdi

Ilon Mask OpenAI va Microsoft'ga qarshi sud da’vosi kiritdi

Ilon Mask OpenAI va Microsoft'dan 134 mlrd dollargacha kompensasiya talab qilmoqda — Bloomberg.

Ilon Mask OpenAI va Microsoft'ga qarshi sud da’vosi kiritdi. Unga ko‘ra, OpenAI notijorat maqomidan voz kechib, Microsoft bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali uni aldagan.

Mask OpenAI'ning hammuassisi va dastlabki investorlaridan biri bo‘lganini ta’kidlab, kompaniyaning hozirda, taxminan 500 mlrd dollarga baholanayotgan qiymatidan ulush olishga haqli ekanini bildirgan.

"Sud OpenAI va Microsoft'ning ishni dastlabki bosqichdayoq yopish haqidagi iltimosini rad etdi. Ushbu ish bo‘yicha hay’at ishtirokidagi sud jarayoni 2026 yil apreliga belgilangan", deya yozmoqda Bloomberg.

OpenAI esa Mask tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni inkor etib, sudda o‘z pozisiyasini himoya qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!