Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ilon Mask Cybercab robotaksini taqdim etdi - rul va pedallarsiz

Ilon Mask Cybercab robotaksini taqdim etdi - rul va pedallarsiz

Tesla bosh direktori Ilon Mask Kaliforniyadagi Warner Bros kinostudiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda Cyberdab avtonom robot-aksini taqdim etdi. Sahnaga chiqishdan oldin Mask robotaksiga o‘tirdi va studiya yaqinidagi ko‘chada qisqacha namoyish qildi, deb yozadi TechCrunch. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Tesla taqdim etgan robotaksida rul va pedallar mavjud emas. Uning «kapalak qanotlari kabi ochiladigan» ikkita eshigi bor, deb ta’kidlaydi Bloomberg.

Salonda faqat ikki kishi uchun joy bor, ularning oldida sensorli ekran mavjud. Zaryadlash boshqa elektr transport vositalariga o‘xshab ulangan zaryadlovchi orqali emas, balki «simsiz» bo‘lgan «induktiv zaryadlash» orqali amalga oshiriladi.

Cybercab narxi «30 ming dollardan kam» bo‘ladi. Mask robotaksi 2026 yoki 2027 yilgacha ishlab chiqarilishini kutayotganini aytdi. «Men vaqt oralig‘ida biroz optimistik bo‘lishga moyilman», dedi milliarder.

Mask, shuningdek, 20 tagacha odam sig‘ishi mumkin bo‘lgan Robovan avtonom furgonini ham namoyish etdi. Bu qancha turadi va qachon ishlab chiqarilishi haqida xabar berilmagan.

Taqdimotda Tesla avvalroq taqdim etgan insoniy robotlar Optimus ham bor edi. Taqdimot davomida ular odamlar orasida sayr qilishdi, raqsga tushishdi va hatto mexnat qildi, deb yozadi TechSrunch. Maskning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda bunday robotlar odamlarga yordamchi vazifasini bajara oladi – masalan, itlarni sayr qilish, bolalarga qarash, maysa o‘rish. Bunday robotning narxi 20 dan 30 ming dollargacha bo‘ladi.

Kiritildi: 18:36 11.10.2024. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!