Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ilk parvoz zavqi: Shijoat va mahoratning ko‘kdagi tantanasi

Ilk parvoz zavqi: Shijoat va mahoratning ko‘kdagi tantanasi

Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan «Chirchiq» aerodromi shu kunlarda O‘zbekiston oliy harbiy aviasiya bilim yurtining amaliyot o‘tayotgan ikkinchi va uchinchi bosqich kursantlari bilan gavjum. Bu yerda ular amaliy parvoz mashqlarini bajarmoqda, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlarda ilk bor ishtirok etayotgan kursantlarning bilim va mahorati yaqqol sezilib turibdi. Ayniqsa, hali ularning ikkinchi bosqich ekanligi inobatga olinsa, bu fikr yanada teranlashadi.

Ilk bor parvoz zavqini tuyayotgan bu yigitlar bugungacha muhim tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tgan. Amaliyot jarayonida ular uchish apparatlarini belgilangan masofada boshqarish, havoda muallaq turish, yerga yaqin bo‘lgan masofada parvoz qilish kabi qator mashqlarni bajarishdi.

Ilk parvoz zavqi: Shijoat va mahoratning ko‘kdagi tantanasi

Har bir kichik harakatni ham diqqat bilan kuzatib turgan mutaxassislarning aytishicha, kursantlar mashqlarni o‘zlashtirishda, vertolyotlarni boshqarishda hech qanday qiyinchilikka duch kelmagan.

Qolaversa, mashg‘ulotlarda amaliyotga joriy qilingan o‘qitishning yangi usul va uslublari, «Ustoz – shogird» an’anasiga muvofiq, har bir kursantga tajribali mutaxassislar biriktirilgani bo‘lg‘usi uchuvchilar parvozining xavfsiz va samarali bo‘lishini ta’minlamoqda.

Ilk parvoz zavqi: Shijoat va mahoratning ko‘kdagi tantanasi

Bilim yurtining uchinchi bosqich kursantlari ham parvoz mashg‘ulotlarida faol. Ular o‘tgan yili havo kengliklarida 60 soatga yaqin parvoz mashqlarini bajargan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 100 soatdan oshishi rejalashtirilgan. Bunda har bir parvoz mashqi bosqichma-bosqich murakkablashib boradi.

O‘zbekiston oliy harbiy aviasiya bilim yurti kursantlarining amaliy parvoz mashg‘ulotlari joriy yilning sentyabr oyigacha davom etishi rejalashtirilgan.

 

Kiritildi: 20:35 28.05.2020. O'qildi: 2553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!