O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son bayoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Rspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 20 iyulidan 20 avgustiga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatda 51 ta ta’lim muassasasi o‘rin olgan.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
2018/2019 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishga ruxsat etilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati.
Manba: xs.uz