Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining hissasi.
➖ 1941 yil arafasida O‘zbekiston aholisi 6,8 million kishidan ortiq edi. Urush boshlanganidan beri 2 millionga yaqin vatandoshimiz frontga ketgan, shundan 500 mingdan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan.
➖ 200 mingdan ortiq askar va ofiser harbiy orden va medallar bilan taqdirlandi. 301 nafar vatandoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 70 nafardan ortig‘i uchinchi darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
➖ Shuningdek, O‘zbekiston 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va bolalarga boshpana bergan. Ularning 200 mingdan ortig‘i yetim bolalardir. Evakuasiya qilingan bolalar nafaqat mehribonlik uylariga tarqatildi, balki o‘zbek oilalari tomonidan ham qabul qilingan. Masalan, respublika rahbari Usmon Yusupov o‘z oilasiga uch nafar farzandni asrab olgan.
O‘n va undan ortiq bolani qabul qilib olgan oilalar ham bo‘lgan. Shoahmad Shomahmudovlar oilasi 15 nafar bolani asrab olgan.
Butun Ittifoqdan kelgan qochqinlarga boshpana bergan o‘ziga xos evakuasiya markaziga aylangan Toshkent aynan o‘sha yillardan “Non shahri”, “Xalqlar do‘stligi shahri” deb atala boshladi.