Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ikki yarim yillik aliment puli oldindan to‘lab berildi

Ikki yarim yillik aliment puli oldindan to‘lab berildi

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan yana bir aliment bilan bog‘liq hujjat ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor B.I.dan undiruvchi D.G‘. foydasiga ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Shunga muvofiq, Byuroning Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari tegishli ijro harakatlarini olib borgan.

Aliment to‘lovchi ota farzandi uchun aliment pullarini oyma-oy to‘lab kelgan. Taraflar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida, qarzdor farzandlari voyaga yetgunigacha bo‘lgan aliment pullarini bir yo‘la to‘lab berishini bildirgan.

Sobiq turmush o‘rtoqlar o‘zaro kelishuviga asosan, bolalarning voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 18 oyni tashkil etishi hisoblanib, shu davr uchun 43 072 000 so‘m miqdorida aliment pullari bir yo‘la to‘lab berildi.

Kiritildi: 22:45 22.10.2024. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!