Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya yana bir shaharni bosib olishga yaqin turibdi

Rossiya yana bir shaharni bosib olishga yaqin turibdi

Rossiya armiyasi Donetsk viloyatidagi Gornyakning shimoliy qismini (Kuraxovodan shimoli-sharqda) egallab oldi. Bu haqda ukrainalik harbiy muxbir Bogdan Miroshnikov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Gornyak ichida harakat qilib, butun Shimoliy qismini egallab olmoqda. Janglar hozir markazda, shahar maydonining qariyb 40 foizi UQK nazorati ostida qolmoqda, deya qo‘shimcha qiladi Miroshnikov.

Miroshnikov, shuningdek, bir kun oldin ruslar tomonidan hujumga uchragan Zoryaniyning haqiqatan yo‘qotilganini tasdiqladi. Uning fikriga ko‘ra, endi Kuraxovkada (Gornyak janubidagi aholi punkti) vaziyat nihoyatda og‘ir bo‘ladi.

Kiritildi: 19:45 22.10.2024. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!