Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ikki nafar yengil atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Ikki nafar yengil atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi

Koreya Respublikasining Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Dastlab Malika Nasriddinova yadro uloqtirish dasturida 17.14 metr natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bosqon uloqtirish sektorida Suhrob Xodjayev 69.52 metr bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Dasturga ko‘ra, ertaga nayza uloqtirish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.

Kiritildi: 23:10 21.08.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!