Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ikki hududda salkam 50 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

A A A
Ikki hududda salkam 50 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

Jumladan, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog‘ayganlar 54 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtimizdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog‘iston Respublikasidan.

Shunday qilib, Toshkent shahrida sog‘ayganlar 1127 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni  2908 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:39 02.06.2020. O'qildi: 2809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!