Bu haqida Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Bugun butun dunyoda IT sohasi shiddat bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy axborot kommunikasiya taraqqiy etayotgan bir paytda, barcha tarmoqlar singari sport sohasini ham raqamlashtirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Vazirlik rasmiy veb saytining kiberhujumga uchragani bo‘yicha Kiberxavfsizlik markazi bilan birgalikda dastlabki tezkor o‘rganishlar o‘tkazildi hamda kiberhujum oqibatida jiddiy talofat ko‘rilmaganligi aniqlanib, saytdagi bo‘shliqlar to‘ldirildi.
Vazirlik rasmiy veb-saytini kiberhujumlarga qarshi himoyalash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda.