O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori buyrug‘i bilan Foziljonova Nilufar Hikmatjonovna Ijtimoiy himoya agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Nilufar Foziljonova bugunga qadar qator mas’ul lavozimlarda – Mirzo Ulug‘bek tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. bo‘lib ishlagan.