Toshkent shahar FVB ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in aslida Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekati yaqinida chiqqan.
Yong‘inga yerosti tunnelidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Adliya vazirligining xabar berishicha, ushbu yong‘in sababli Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar bo‘lmoqda.
Vazirlikning qo‘shimcha bergan ma’lumotiga ko‘ra, notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda ham uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, ushbu hududdagi aholi yashash manzillari ham elektr energiyasidan uzilgan.