Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

IIBB qamoqqa olingan ayrim «avtoritet»lar haqida ma’lumot berdi

A A A
IIBB qamoqqa olingan ayrim «avtoritet»lar haqida ma’lumot berdi

Bir muddat oldin IIBB «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullayevning qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Poytaxt IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi B.Qudratullayevdan tashqari yana ikki «kriminal avtoritet»ning tergovga jalb qilinganini ma’lum qildi.

IIBBga ko‘ra, 44 yoshli D.Sharipov va 51 yoshli A.Mirzaxanovlar Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov qilinyapti.

Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 12:23 05.12.2023. O'qildi: 7752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!