Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Italiya Ruminiyaga 100 nafar harbiy xizmatchi va qiruvchi samolyotlar yubormoqchi

Italiya Ruminiyaga 100 nafar harbiy xizmatchi va qiruvchi samolyotlar yubormoqchi

Italiya Ruminiyaga qariyb 100 nafar harbiy xizmatchi va bir nechta qiruvchi samolyotlarni yuboradi. Bu haqda Republica gazetasi hukumat manbalariga tayanib xabar berdi.

Bu kuchlar Ruminiya Qurolli kuchlarini tayyorlash bo‘yicha maxsus harbiy mashg‘ulotda ishtirok etadi. O‘quv mashg‘ulotlari 15 iyundan boshlanishi va kamida bir oy davom etishi rejalashtirilgan. Ayni paytda kichik harbiy guruh Ruminiyadagi aviabazada allaqachon joylashgan.

Gazetaning yozishicha, bu NATOning havo patrullash (air policing) missiyasi emas, balki rumin harbiylarini tayyorlashga qaratilgan alohida dastur hisoblanadi. Mashg‘ulotlar Qora dengiz bo‘yidagi Konstansa shahri yaqinidagi aviabazada o‘tkaziladi. Bu hududda shuningdek, taxminan 4,5 ming nafar amerikalik harbiy ham joylashgan.

29 mayga o‘tar kechasi Ruminiyaning Galați shahrida dron uyning tomiga kelib urilgan, natijada ikki kishi jarohat olgan edi. Rasmiylar bu voqea uchun Rossiyani aybladi. Hodisadan so‘ng prezident Nikushor Dan Ruminiyaning Konstansa shahridagi Rossiya Bosh konsulini persona non grata deb e’lon qilish va konsullikni yopish qarorini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa bu voqeaga izoh berar ekan, ehtimol gap elektron urush vositalari yoki texnik xatolik sabab yo‘nalishini yo‘qotgan ukrain droni haqida ketayotganini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!