Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

IIB binosidan sakrab vafot etgan 20 yoshli yigit bo‘yicha bayonot berildi

IIB binosidan sakrab vafot etgan 20 yoshli yigit bo‘yicha bayonot berildi

Bosh prokuratura tergovdan qochish maqsadida 4-qavatdan sakrab vafot etgan yigit ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro X.T. cho‘ntagida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelganligi aniqlanib, 22 may kuni Chilonzor tumani IIO FMB JQB giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limiga olib kelingan.

Binoning 4-qavatiga surishtiruv harakatlarini o‘tkazish uchun olib chiqilgan X.T. javobgarlikdan qochish maqsadida shu qavatda joylashgan hojatxonaga kirib, tezkor xodimni chalg‘ishi natijasida hojatxonaning derazasidan, pastda joylashgan oshxonaning shifer bilan qoplangan tom qismiga sakragan. Shiferning chetki qismi sinishi oqibatida X.T. bosh qismi bilan yerning beton qoplamasiga qulab tushgan.

X.T.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari oqibatida, 29 may kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:49 04.06.2023. O'qildi: 3144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!