Isroilda yuzlab namoyishchilar IYErusalimdagi Binyamin Netanyaxuning bosh vazirlik kanselyariyasi oldida yig‘ilib, bosh prokuror Gali Baxarav-Miarani ishdan bo‘shatish rejalariga qarshi norozilik bildirmoqda. Bu haqda Report nashri Isroil ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.
Norozilik namoyishi hukumatda bosh prokurorni lavozimidan olish bo‘yicha ovoz berish jarayoni fonida bo‘lib o‘tmoqda.
Namoyishchilar hukumatni bosh prokurorni huquqiy faoliyati uchun jazolashga va uni siyosiy sabablar bilan chetlatishga urinayotganlikda ayblamoqda. Gali Baxarav-Miara avval ham amaldagi koalisiya, jumladan Bosh vazir Netanyaxu bilan tortishuvlarga borgan edi.
Shuningdek, ishtirokchilar G‘azoda urushni to‘xtatish va Gazo sektoridagi isroillik garovdagilarni ozod qilish talablari bilan ham chiqish qilmoqda.