Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi

A A A
Ichki ishlar organlari hisobida turgan 7 ming nafar  xotin-qizlar ro‘yxatdan chiqarildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ichki ishlar, sog‘liqni saqlash hamda boshqa idoralarning hisobida turgan 21 596 nafar xotin-qizlar manzilli o‘rganildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, jami 7 008 nafar xotin-qizlar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarildi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 19 251 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. Himoya orderi berish natijasida 9 309 ta oilani yarashtirishga, 8 259 ta nizoni bartaraf etishga erishildi.

1 877 ta rasmiylashtirilgan himoya orderlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Kiritildi: 22:05 13.06.2022. O'qildi: 2884 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!