Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ichimlik suviga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?

Ichimlik suviga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?

💦 Suv – bebaho boylik. Bejizga suvni tiriklik manbai deb atashmaydi. Zero, insoniyat hayoti davomida suv va suv manbalari, avvalo, chuchuk suvdan tejamkorlik asosida foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni taqozo etadi.

⚡️ Shu o‘rinda ichimlik suvi epidemik va radiasiya jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibi bo‘yicha zararsiz va ijobiy organoleptik xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Aholiga berilayotgan ichimlik suvining sifati belgilangan davlat standarti talablariga mos kelishi kerak.

Aholini markazlashgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ichimlik suvi suv inshootlarida xlorlanadi. Foydali tomoni – suvni xlorlashdan maqsad uning tarkibini kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlardan tozalashdir. Yirik ichimlik suv inshootlarida suvni xlorlash uchun suyuq xlor ishlatiladi. Suv xlorlangandan keyin 0,5-1 soat o‘tgach qoldiq xlor miqdori 0,3-0,5 mg/l bo‘lishi gigiyenik me’yorga to‘g‘ri keladi. Ichimlik suvi iste’molchiga yetib borgunga qadar tarkibida xlor qolmaydi. Ichimlik suvi me’yordan ortiq xlorlanmaydi.

‼️ Suvning ta’mi hamma yerda har xil bo‘lishi ichimlik suvining manbaasi va joyiga bog‘liq. Hammamizga ma’lumki, ba’zi ichimlik suvi quvurlari temirdan ishlangan. Biz suvni ancha vaqt ishlatmasdan keyin kran jo‘mragini ochganimizda sarg‘ish zang rangidagi suv keladi, bu quvurning zangi bo‘lib, suv oqishi natijasida yuvilib ketadi. Zarari yo‘q.

📌 Suv bosimi yuqori bo‘lganlgi sababli vodoprovod jo‘mragini ochganimizda suv ko‘piradi, lekin hidi bo‘lmaydi.

📌 Ichimlik suvini avval tindirib, keyin qaynatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

📌 Suv qaynatilishi natijasida choynakda oq sarg‘ish cho‘kma hosil bo‘ladi. Bu inson salomatligi uchun bezarar.

📌 Ichimlik suv inshootlaridagi filtr stansiyalari xo‘jalik ichimlik suvini filtrlanishini, maishiy filtrlar esa uy sharoitida suvni filtrlanishini ta’minlaydi. Maishiy filtrlar gigiyenik hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 15:00 22.07.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!