Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna,- Prezident

“Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna,-  Prezident

"Dunyoda sun’iy intellekt, innovasiya, raqamli va yashil texnologiyalar, kreativ xizmatlar orqali “katta sakrash” bo‘layapti.

Yurtimizning betakror tabiati, tog‘ va yaylovlari, tarixiy obidalari – kino industriyasi, konsert-tomosha faoliyati va turizmda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyat",
- dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, “Ichan qal’a” tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna. Ko‘p davlatlar bunday sahna pavilyoni qurishga millionlab dollar sarflayapti.

Yoki, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan kabi yirik shaharlarimizda xalqaro ko‘rgazma, forum va konsertlar o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar bor.

“Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Kiritildi: 12:15 19.03.2025. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!