Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hutiylar dronlar yordamida Isroilning to‘rtta muhim ob’ektlariga hujum qildi

Hutiylar dronlar yordamida Isroilning to‘rtta muhim ob’ektlariga hujum qildi

Yamanning "Ansor Alloh" harakatidan hutiy isyonchilar tarafdorlari oltita uchuvchisiz uchish apparati yordamida Isroildagi to‘rtta nishonga hujum qildi.

Bu haqda harakatga tegishli Al Masirah telekanali efirida isyonchilar tuzgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar "o‘z maqsadlariga muvaffaqiyatli erishgan".

"Yaman qurolli kuchlarining dronlari to‘rtta noyob operasiyani amalga oshirdi, ular hujum davomida Isroilning Hayfa, Negev, Umm-ar-Rashrash (Eylatning arabcha nomi) va Beer-Sheva hududlaridagi to‘rtta muhim nishoniga oltita dron yordamida zarba berdi", — dedi Sariya.

Kiritildi: 09:10 13.08.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!