Yamanning isyonchi "Ansor Alloh" harakatidagi hutiylar Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga gipertovushli ballistik raketa yordamida hujum qildi.
Bu haqda isyonchilar tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar vakili Yahyo Sariya isyonchilarga tegishli Al Masirah telekanali efirida aytib o‘tdi.
"Yaman qurolli kuchlarining raketa qo‘shinlari o‘ziga xos harbiy operasiya o‘tkazib, Lod aeroportiga (Ben Gurionni nazarda tutmoqda) "Falastin-2" tipidagi gipertovushli ballistik raketa yordamida hujum qildi", — dedi Sariya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operasiya o‘z maqsadiga muvaffaqiyatli erishgan.