Yamandagi husiylar harakati Saudiya Arabistonida joylashgan Saudi Aramco neft kompaniyasi ob’ektlariga zarba berish bilan tahdid qildi.
Bu haqda husiylar vakiliga tayanib, Al Masirah telekanali xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, husiylar ehtimoliy hujum nishonlari sifatida Saudiya Arabistonining Dammom shahridagi Saudi Aramco kompaniyasi ofisi, Ar-Riyodda joylashgan neftni qayta ishlash zavodi hamda Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportni ko‘rsatgan.
Harakat vakillarining ta’kidlashicha, mazkur ob’ektlarga zarbalar Yaman hududidagi inshootlarga hujumlar uyushtirilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, husiylar tinch aholini ehtimoliy nishon sifatida ko‘rsatilgan ob’ektlardan zudlik bilan evakuasiya qilishga va ulardan uzoqroqda bo‘lishga chaqirgan.
Hozircha gap ehtimoliy javob zarbalari haqidagi ogohlantirish ustida bormoqda. Xabarda mazkur ob’ektlarga amalda hujum uyushtirilgani haqida ma’lumot keltirilmagan.