Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yamanlik isyonchilar Ansorullohning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar 15-martdan beri Yamanda 1712 ta zarba bergan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hujumlarda ballistik, qanotli va gipertovushli raketalar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan. Bunga javoban hutiylar 253 ta raketa va dronlardan foydalangan holda 130 dan ortiq hujum uyushtirgan.
Shuningdek, AQSh mintaqadagi operasiyalarda Truman va Carl Vinson samolyot tashuvchi kemalaridan ilk bor foydalangani xabar qilingan. Husiylar AQSh kuchlariga katta zarar yetkazganliklarini, sakkizta MQ-9 uchuvchisiz samolyoti va bitta F360 razvedka samolyotini urib tushirganliklarini, shuningdek, F-18 qiruvchi samolyotlari va yashirin samolyotlarni birinchi marta havo hududidan chekinishga majbur qilishganini da’vo qilmoqda.