Yamanning “Ansor Alloh” hutiy harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgunga qadar Isroilga hujum qilishda davom etadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi .
“ G‘azodagi vaziyat bo‘yicha bizning pozisiyamiz Falastin fraksiyalaridagi birodarlarimizning pozisiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, kelasi yakshanba kuni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining amalga oshirilishidan boshlab ularga bog‘liq bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.
Qo‘shimcha ravishda aniqlik kiritilishicha, agar Isroil Falastinning Hamas radikal harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvdan chiqsa , hutiylar zarba berishda davom etadi.