Yamanning "Ansar Alloh" (Husiylar) harakati shanba kuni Isroildagi nishonlarga raketa hujumi uyushtirganini e’lon qildi.
Bu haqda Asharq News agentligi Husiy qurolli kuchlari bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
"Yaman qurolli kuchlari Isroilning muhim harbiy nishonlariga ballistik raketalar otdi", deyiladi bayonotda.
Bu Yaman Husiylarining Fors ko‘rfazidagi hozirgi keskinlashuv boshlanganidan beri birinchi hujumidir.