Yamanning "Ansor Alloh" (husiylar) isyonchi harakati tomonidan tuzilgan qurolli kuchlar Tel-Avivdagi "Ben Gurion" aeroportiga gipertovushli ballistik raketa yordamida hujum qildi.
Bu haqda isyonchilar vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.
"Raketa kuchlari noyob harbiy operasiyani amalga oshirdi, uning davomida ular Lod aeroportiga ("Ben Gurion"ni nazarda tutilmoqda) "Falastin-2" tipidagi gipertovushli ballistik raketa yordamida hujum qilishdi", dedi Sariya.