Flashscore.com sayti Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasida «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda (2:0) «Manchester Siti»ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yinini baholadi.
Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va butun o‘yin davomida maydonda harakat qildi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Flashscore tomonidan 7,5 ballga loyiq ko‘rildi — bu jamoadagi uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Joriy mavsumda Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda jami 16 ta uchrashuv o‘tkazdi, ammo ularda hali gol yoki assist bilan ajralib tura olmadi. Angliya chempionatidagi jamoa natijalariga kelsak, hozirda «Manchester Siti» ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.