Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Husanovning transfer qiymati 50 million yevroga yetdi!

Husanovning transfer qiymati 50 million yevroga yetdi!

Transfermarkt portali sobiq Ittifoq davlatlari futbolchilarining bozor qiymatlarini yangiladi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasida MDH davlatlari vakillari orasida eng qimmat futbolchiga aylandi. Uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Ikkinchi o‘rinni «Brentford»ning ukrainalik yarim himoyachisi Yegor Yarmolyuk 32 million yevro bilan egalladi. Top-3ni «Liverpul»ning gruziyalik darvozaboni Georgi Mamardashvili 28 million yevro bilan yakunladi.

APLda sobiq SSSR davlatlari vakillari orasida eng qimmat futbolchilarning top-5ligi quyidagicha:

1. Abduqodir Husanov («Manchester Siti», O‘zbekiston) — 50 mln yevro;
2. Yegor Yarmolyuk («Brentford», Ukraina) — 32 mln;
3. Georgi Mamardashvili («Liverpul», Gruziya) — 28 mln;
4. Vitaliy Mikolenko («Everton», Ukraina) — 25 mln;
5. Mixail Mudrik («Tottenxem», Ukraina) — 15 mln.

Kiritildi: 09:20 08.10.2026. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik