«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi muhim o‘yin oldidan o‘z futbolchilariga ikki kunlik dam olish berdi. Bu haqda jurnalist Pol Xerst xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Manchester Siti» faqatgina yengil tiklanish mashg‘ulotini o‘tkazgan, shundan so‘ng tarkibga seshanba va chorshanba kunlari uchun javob berilgan. Shu bilan birga, «Arsenal» 15 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Sporting»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi kerak.
Angliya Premyer-ligasining 33-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasidagi to‘qnashuv 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirda «kanonirlar» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «shaharliklar»ni olti ochkoga ortda qoldiryapti. Biroq Gvardiola jamoasida bitta zaxira o‘yini mavjud.