Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Husanov nega "Bornmut"ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi?

Husanov nega "Bornmut"ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmadi?

APLning 11-turida “Manchester Siti” “Bornmut” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv oldidan “shaharliklar”ning asosiy tarkibi e’lon qilindi. Biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov qaydnomadan ham joy olmadi.

"Mail Sport" nashrining jurnalisti Jek Gouen xabar berishicha, Oskar Bobb va Abduqodir Husanov “Bornmut”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga taktik sabablarga ko‘ra kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvni Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya Dortmund”ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:27 02.11.2025. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!