Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Husanov “Manchester Siti” uchun gol urdi

Husanov “Manchester Siti” uchun gol urdi

Abduqodir Husanov gol urgan o‘yinda “Manchester Siti” g‘alaba qozondi.

Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 4-roundidan o‘rin olgan uchrashuvda “Leyton Orient” “Manchester Siti”ni 8 fevral, shanba kuni qabul qildi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida “Leyton” futbolchisi 40 metr uzoqlikdan zarba yo‘lladi. To‘p Stefan Ortegaga tegib darvozaga yo‘l oldi. Bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Abduqodir Husanov maydonga tushdi. U yosh Vitor Reysni almashtirdi. 56-daqiqada Riko Lyuiz tepgan to‘p o‘zbekistonlik futbolchiga tegib darvozaga yo‘l oldi. Gol Husanov nomiga yozildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Grilish to‘pni Kevin De Bryuynega yetkazib berdi. Belgiyalik futbolchining mahorati hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Manchester Siti” qiyin kechgan mehmondagi o‘yinda g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 19:34 08.02.2025. O'qildi: 3630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!